e-Kassam

Hisobni va ma'lumotni o'chirish

Oxirgi yangilanish: 28.08.2026  ·  Ilova: e-Kassam (uz.ekassam.app)

Hisobingizni va u bilan bog'liq shaxsiy ma'lumotni istalgan payt o'chirishni so'rashingiz mumkin. So'rov bepul va hech qanday sabab talab qilinmaydi.

Qadamlar

  1. Bizga yozing Elektron pochta: info@e-kassam.uz
    yoki Telegram: @ekassam
    Xat mavzusi yoki xabar matni: “Hisobimni o'chiring”.
  2. Hisobga bog'langan telefon raqamini yuboring Hisobning kaliti — telefon raqami. Uni yozmasangiz qaysi hisobni o'chirishni aniqlay olmaymiz.
  3. Raqam egasi ekaningizni tasdiqlaymiz O'sha raqamga tasdiqlash kodi yuboriladi yoki Telegram orqali tasdiqlaysiz. Bu qadam boshqa odam sizning hisobingizni o'chirib yuborishining oldini oladi.
  4. So'rovni 30 kun ichida bajaramiz Odatda ancha tez. Bajarilgani haqida o'sha kanalga javob yozamiz.

Do'kon xodimi bo'lsangiz. Xodim hisobini do'kon rahbari yaratadi va o'chiradi — u ish hisobi bo'lib, do'konga tegishli. Ilovadagi “Xodimlar” bo'limidan rahbaringizga murojaat qiling. Shaxsiy xaridor hisobingiz esa bundan alohida va yuqoridagi qadamlar bo'yicha o'chiriladi.

Nima o'chiriladi

O'chiriladi

Saqlanib qoladi

Bu ro'yxatni ataylab batafsil yozdik. “Hammasini o'chiramiz” deyish oson bo'lardi-yu, rost bo'lmasdi.

Ilovani shunchaki o'chirsam bo'ladimi?

Ilovani telefondan o'chirish — hisobni o'chirmaydi. U qurilmangizdan olib tashlanadi, ma'lumot esa serverda qolaveradi. Ma'lumot o'chishi uchun yuqoridagi so'rovni yuborishingiz kerak.

Agar shunchaki xabarlarni to'xtatmoqchi bo'lsangiz, hisobni o'chirish shart emas: ilovadagi Profil → Bildirishnomalar dan o'chirib qo'ying.

Savol qolsa

Elektron pochta: info@e-kassam.uz  ·  Telegram: @ekassam

To'liq maxfiylik siyosati: e-kassam.uz/maxfiylik